Joriy yilning 19-aprel kuni Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi, Navoiy viloyat Bandlik bosh boshqarmasi hamda Sanoat xavfsizligi Davlat qoʻmitasi Navoiy viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda Navoiy erkin iqtisodiy industrial zonasida faoliyat yuritayotgan 25 dan ortiq korxona va tashkilotlarning texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi boʻyicha muhandislari, kasaba uyushma qoʻmitasi raislari ishtirokida "28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga "Mehnatni muhofazasining ijobiy madaniyatini birgalikda shakllantiramiz” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbati ishtirokchilariga, Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan "28-aprel Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ning mavzulari, Oʻzbekiston Respublikasi "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonuniga kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar, tibbiy koʻriklar, "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish”, Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilganda, xodimlarga belgilanadigan imtiyozlar, korxona va tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish, xodimlarini oʻqitish va bilimlarini sinash hamda kasaba uyushmalari tomonidan jamoatchilik nazoratini olib borilishi, kasaba uyushmasiga aʼzolikning afzalliklari toʻgʻrisida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat kengashi mehnat texnik inspektori M.Kambarova, viloyat Bandlik bosh boshqarmasining davlat mehnat inspektori O.Kenjayev hamda Sanoat xavfsizligining Navoiy viloyat boshqarmasi bosh mutaxassisi F.Xidirovlar tomonidan tushunchalar berildi.
Davra suhbati savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat kengashi mehnat texnik inspektori M.Kambarova
