"28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” har yili dunyoning yuzdan ortiq davlatlarida nishonlanadi. Shu munosabat bilan taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy shahar boʻlinmasi tomonidan bugun 8-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabining majlislar zalida "Mehnat muhofazasini ijobiy madaniyatini birgalikda shakllantiramiz” shiori ostida seminar oʻtkazildi. Seminarga Navoiy viloyat boʻyicha masʼul tashkilotchisi A.Bobomuradova, viloyat bandlik Bosh boshqarmasi boʻlimi boshligʻi R.Hamroyev, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyat kengashining mehnat-texnik inspektori M.Qambarovalar, umumiy oʻrta taʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim muassasalarining boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasi raislari va mehnat muhofazasi boʻyicha vakillariga mehnatni muhofaza qilish borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar toʻgʻrisida maʼruza qildilar.
Bugungi kunda kasaba uyushmalari tomonidan aholiga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ish joyida xodimlar ruhiyatiga taʼsir etuvchi omillarni bartaraf etish mexanizmlari va ishchi-xodimlarning ish jarayonida samarali mehnat faoliyati olib borishlarini taʼminlash yoʻnalishidagi ishlarni yanada takomillashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, mamlakatimizda xodimlarning mehnati muhofazasi, ularga xavfsiz, qulay va munosib mehnat sharoitlarini yaratish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, mehnat muhofazasi madaniyatini rivojlantirish, korxona va tashkilotlarda mehnat muhofazasi yoʻnalishida olib borilayotgan ishlar sifati va samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalliklarining oldini olish borasida ijtimoiy sheriklikni yanada rivojlantirish asosiy masalalardan biri boʻlib qolmoqda.
Seminar savol-javoblarga boy tarzda qizgʻin oʻtdi.
M.Kambarova, OʻKUF Navoiy viloyat kengashining mehnat-texnik inspektori