MEHNAT MUHOFAZASINING IJOBIY MADANIYATINI BIRGALIKDA SHAKLLANTIRAMIZ » OzKUF Navoiy viloyat Kengashi
MEHNAT MUHOFAZASINING IJOBIY MADANIYATINI BIRGALIKDA SHAKLLANTIRAMIZ

MEHNAT MUHOFAZASINING IJOBIY MADANIYATINI BIRGALIKDA SHAKLLANTIRAMIZ

Joriy yilning 29-aprel kuni Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyat Kengashining majlislar zalida viloyatda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi boʻyicha muhandislari, kasaba uyushma qoʻmitasi raislari ishtirokida "28-aprel Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuniga ba-ishlangan "Mehnat muhofazasining ijobiy madaniyatini birgalikda shakllantiramiz mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbatini viloyat Kengashining rais oʻrinbosari kirish soʻz bilan ochdi. Tadbir ishtirokchilariga, Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan "28-aprel Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kunining kelib chiqishi tarixi, ish jarayonida sodir boʻladigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklariga chalinishlarning oldini olish, xodimning sogʻligi, hayoti va mehnat qobiliyatini saqlanishiga doir hamda kasaba uyushmalari tomonidan olib boriladigan jamoatchilik nazorati, ish beruvchilar va xodimlar tomonidan qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan maʼruzachilar tomonidan maʼlumotlar berildi. "Navoiyazot AJ boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan jamiyatda mehnatni muhofaza qilish borasida ishchi xodimlar yaratilgan munosib va xavfsiz mehnat sharoitlari, kasaba uyushmasida saylangan vakil va komissiyalarning olib borayotgan ishlar toʻgʻrisida ham fikr almashildi.
Davra suhbatiga yirik ishlab chiqarish korxonalari "Qizilqumsement, "Navoiyazot AJlar, viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi, "Hududgaz Navoiy gaz taʼminoti filiali, "Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ tomonidan mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligiga oid turli koʻrgazmalar bilan ishtirok etdilar.
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat kengashi mehnat muhofazasi boʻyicha yetakchi mutaxassisi H.Eshonqulov

BOSHQA YANGILIKLAR

YOPISH