YANGI TAHRIRDAGI MEHNAT KODEKSI TARG‘IBOTI » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi
YANGI TAHRIRDAGI MEHNAT KODEKSI TARG‘IBOTI

YANGI TAHRIRDAGI MEHNAT KODEKSI TARG‘IBOTI

Joriy yilning 1 fevral kuni Ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasining Karmana tuman kengashiga a'zo boshlang‘ich tashkilotlar faollari va Navoiy davlat pedegogika instituti pedeagog ishchi-xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 28 oktyabrdagi 798-sonli Qonuni bilan yangi qabul qilingan Mehnat kodeksi yuzasidan seminar o‘tkazildi.Seminarda O‘zbekiston ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Navoiy viloyati bo‘yicha mas'ul tashkilotchisi Anora Bobomurodova ,O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashining mehnat huquq inspektori, A.Raxmatov, mehnat texni inspektori M.Kambarovalar ishtirok etdilar. Seminarda O‘RQ-798 sonli qonuni bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi” yuzasidan A.Raxmatov so‘zga chiqib, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining qabul qilinishi, unga kiritilgan yangi normalar, amaldagi Mehnat kodeksidagi ayrim normalar bilan farqi hamda ushbu kodeksning ahamiyati haqida tushuntirishlar berdi.Xodimlarga sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklarini oldini olish, shuningdek mehnat muhofazasi va xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini ta'minlashda kasaba uyushmalari faoliyatining samaradorligini oshirish hamda Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga kiritilgan mehnat muhofazasiga taalluqli yangi normalar to‘g‘risida M.Kambarova ma'ruza qildi. Seminar davomida O‘zbekiston O‘zbekiston ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Navoiy viloyati bo‘yicha mas'ul tashkilotchisi A. Bobomurodova, Karmana tuman kengashi raisi U.Musayev hamda Navoiy davlat pedagogika instituti boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi N.Bekmurodovlar tomonidan mas'ullarga yangi tahrirdagi Mehnat kodeksini to‘liq tanishib chiqib, kelusida faoliyatlarida mazkur kodeksda belgilangan normalar asosida tashkil etishlari yuzasidan tavsiyalar berib o‘tildi.Seminar jarayonida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar olib, yangi Mehnat kodeksining elektron nusxalari internet tarmoqlariga joylashtirilganligidan xabardor bo‘ldilar.

BOSHQA YANGILIKLAR