TARG’IBOT DAVOM ETMOQDA » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi
TARG’IBOT DAVOM ETMOQDA

TARG’IBOT DAVOM ETMOQDA

Joriy yilning 9 fevral kuni O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy shahar bo‘linmasiga a’zo Navoiy shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablari va Navoiy shahar maktabgacha ta’limi bo‘limiga qarashli maktabgacha ta’lim tashkilotlarining direktorlari hamda kasaba uyushmalari raislari uchun 16-AFChO’IMning faollar zalida Yangi Mehnat kodeksining targ‘iboti bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishga Respublika kengashining Navoiy viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi A.Bobomurodova, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati mehnat texnik inspektori M.Kambarova, huquq inspektori A.Raxmatov, Navoiy shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri D.Tuxfatullina, Navoiy shahar maktabgacha ta’limi bo‘limi mudiri D.Jo‘rayevalar ishtirok etdi.
O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashi mehnat texnik inspektori M.Kambarova va huquq inspektori A.Raxmatov so‘zga chiqib, yangi qabul qilingan Mehnat kodeksi bo‘yicha hamda mehnatni muhofaza qilishda, texnika xavfsizligi yo‘nalishida ish beruvchilar tomonidan avvalambor nimalarga e’tibor qaratish zarurligi, boshlang‘ich kasaba uyushma raislari tomonidan mehnatni muhofaza qilishda jamoatchilik nazoratini olib borish zarurligi hamda Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar, yangi normalar to‘g‘risida yig‘ilish ishtirokchilariga ma’lumotlar va tushunchalar berib, yig‘ilish ishtirokchilarining savollariga atroflicha javob berishdi.
Navoiy shahar bo‘linmasi kengashi tomonidan boshlang‘ich tashkilotlarga yangi qabul qilingan Mehnat kodeksi tarqatildi.
M.Kambarova, O’zKUFning Navliy viloyat kengashi mehnat texnik inspektori

BOSHQA YANGILIKLAR