KASABA UYUSHMASI ARALASHUVI BILAN » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi
KASABA UYUSHMASI ARALASHUVI BILAN

KASABA UYUSHMASI ARALASHUVI BILAN

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat kengashiga 2022 yilning 12 dekabrida "Qizilqum fosforit kompleksi” mas’uliyati cheklangan jamiyati ekspeditori Istam Dehqonovich Idiyev tomonidan hamda 13 dekabr kuni uskunalarni ta’mirlash bo‘yicha navbatchi chilangari Safiullin Anvar Abdullayevichlar tomonidan ular bilan sodir bo‘lgan oqibati og‘ir baxtsiz hodisa oqibatida, ularga to‘lanishi lozim bo‘lgan zarar to‘lovlari "Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ tomonidan to‘lanmay kelayotganligi bo‘yicha ariza bilan murojaat qilgan edilar.
Ikkala murojaat viloyat kengashining mehnat texnik inspektori tomonidan o‘rganib chiqilib, haqiqatda ham I.Idiyevga sentyabr oyidan dekabr oyiga qadar, A.Safiullinga esa may oyidan dekabr oyiga qadar oyma-oy to‘lanishi zarur bo‘lgan zarar to‘lovlaridan mavjud qarzdorlikni undirish yuzasidan "Olmaliq kon metallurgiya kombinati” aksionerlik jamiyati rahbariga 2022 yilning 12 dekabrida 26 va 13 dekabrida 27-sonli bajarilishi majburiy yozma ko‘rsatmalar kiritilib, ijrosi nazoratga olindi.
"Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJning joriy yil 14 fevraldagi 02-23/61-0334-sonli xati bilan I.Idiyevga 2023 yil 10 fevraldagi 2501-sonli elektron to‘lov topshiriqnomasiga asosan, 25 967 648,0 hamda A.Safiullinga 2500-sonli elektron to‘lov topshiriqnomasiga asosan, 18 667 334,42 so‘m jami 44 634 982,42 mablag‘lar undirib berilishiga erishildi.
Maxbuba Kambarova,
O’zKUF Navoiy viloyat kengashining Mehnat-texnik inspektori

BOSHQA YANGILIKLAR