XODIMLAR KASABA UYUSHMALARI E’TIBORIDA » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi
XODIMLAR KASABA UYUSHMALARI E’TIBORIDA

XODIMLAR KASABA UYUSHMALARI E’TIBORIDA

Bugungi kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan huquqiy demokratik davlat qurishda amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida korxona, muassasa va takilotlarda ishlovchi ishchi-xodimlar ham o‘z huquqlarini kasaba uyushmalari orqali himoya qilinishining muhim poydevori yaratildi. "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuni natijasida ularning huquq va manfaatlari mustahkamlab qo‘yildi.
Yozma murojaatlar orqali kelib tushayotgan arizalar mazmunida ish beruvchilar tomonidan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini qonunga xilof ravishda bekor qilish holatlari ham uchrab turibdi.
Jumladan, O’zbekiston Sog‘liqni saqlash hodimlari kasaba uyushmasi Navoiy viloyat Kengashiga fuqaro Normanova Dilnoza Qaxramonovna ariza bilan murojaat qilib o‘z murojaatida Karmana tuman sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limining 2022 yilning 06 dekabr kunida u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismi 4-bandiga asosan bekor qilinganligi hamda ushbu buyruq qonun talablariga zid ravishda chiqarilganligi uchun ishga tiklashda amaliy yordam ko‘rsatishni so‘ragan.
O’zbekiston Sog‘liqni saqlash hodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Navoiy viloyat bo‘yicha mehnat huquq inspektori Z.Xalimov tomonidan xodim D.Normanovaning manfaatlarini ko‘zlab, fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilishi natijasida, sudning 2023 yil 16 fevraldagi hal qiluv qaroriga asosan xodim qayta o‘z ishiga tiklanib, ish beruvchidan xodim foydasiga majburiy bekor yurgan kunlar uchun 4 865 000 so‘m ish haqi hamda 2 000 000 so‘m ma’naviy zarar undirish to‘g‘risida qaror qabul qilinib fuqaroni xuquqi tiklandi.
Zavriddin Xalimov, Avaz Xudoynaxarovmehnat huquq va texnik inspektorlari

BOSHQA YANGILIKLAR