O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Navoiy viloyat bo‘yicha mehnat huquq hamda texnik inspektorlari tomonidan koronavirus infektsiyasiga qarshi kurash tadbirlariga jalb etilgan xodimlarga to‘langan 6 foiz miqdoridagi kunlik to‘lovlar va maxsus to‘lovlarni mehnat ta’tili pullarini hisoblashda inobatga olinganlik holati bo‘yicha Navoiy viloyat Sanitariya-epidemioligik osoyishtalik va jamoat salomatligi hizmatining Navoiy viloyat boshqarmasi hodimlari V.Shopo‘latov, F.Rajabova, Q.Roziqova, L.Sobirova, G.Tosheva, G.Usmonova, D.Shodiyev, F.Ergasheva, E.Ergashev, A.Jiyanov, M.Gadoyeva, I.Karibayev, G‘.Umarov, Sh.Uroqov, O.Xudoyberdiyeva, R.Ergashov, Z.Azimov, G.Ro‘ziqulova, R.Xasanov, N.Xo‘jayevalarning murojaatlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazilib fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudiga to‘lanmasdan qolingan to‘lovlarni undirish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilindi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining 13.02.2023 yildagi chiqarilgan Sud buyrug‘lariga asosan 20 nafar hodimga jami bo‘lib 302 502 673,47 so‘m to‘lanmasdan qolingan to‘lovlar undirib berilishiga erishildi.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Navoiy viloyat bo‘yicha mehnat huquq inspektori Z.Xalimov
