TEMIRYO’LCHILARGA AMALIY YORDAM KO’RSATILMOQDA » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi
TEMIRYO’LCHILARGA AMALIY YORDAM KO’RSATILMOQDA

TEMIRYO’LCHILARGA AMALIY YORDAM KO’RSATILMOQDA

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2023 yil birinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasiga asosan, Navoiy viloyat Kengashining mehnat texnik inspektori tomonidan O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2023 yil 16 fevraldagi ISh-17/197-sonli xatining ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyatidaga O’zbekiston temiryo‘lchilar va transport quruvchilari kasaba uyushmasi tizimidagi korxona va tashkilotlarda xodimlarga munosib mehnat sharoitlarining yaratilishi hamda mehnat munosabatlariga oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish sohasidagi ishlar jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganilmoqda.
Faoliyati o‘rganilgan tashkilotlarda, jumladan "O’zbekiston temir yo‘llari” AJ "Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UKga qarashli Tinchlik lokomotiv deposi, Navoiy temir yo‘l stansiyasi, Navoiy aloqa va ishorat masofasi hamda "O`ZTEMIRYO`LYO`LOVCHI” AJ Buxoro filialiga qarashli Navoiy temir yo‘l vokzali tashkilotlari va kasaba uyushmasi o‘rtasida qabul qilingan Jamoa shartnomasi "O’zKUF jamoa shartnomasi maketi”ga moslashtirilganligi, unda tashkilot rahbari va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida tuziladigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha Bitim va ilovalar mavjudligi, bitimning ijrosi, Kasaba uyushmalarining mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha komissiyalari to‘g‘risidagi nizom” hamda Adliya vazirligidan 1995 yil 18 dekabrda 196-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan Nizom talablariga muvofiq mehnatni muhofaza qilish komissiyasi tuzilganligi, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil saylanganligi, o‘qitilganligi va ular tomonidan amalga oshirilgan ishlarning ahvoli, O’zbekiston Respublikasining"Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun 12-moddasi talablarini ish beruvchilar tomonidan bajarilishi, kasb kasalliklari va jarohatlanishlarning oldini olish bo‘yicha xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitilib bilimlari sinovdan o‘tkazilganligi, doimiy harakatdagi komissiya tuzilganligi, yangi ishga qabul qilinayotgan xodimlarni mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha kirish yo‘riqnomasidan o‘tkazish ishlarini sifatli tashkil etish, zararli ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish, xodimlarni dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda ishlarni samarali tashkil etish, Adliya vazirligidan 2000 yil 7 yanvarda 870-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan "Mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomalarning mavjudligi, yo‘riqnomalarni kasaba uyushmasi bilan kelishilganligi, belgilangan tartib va muddatlarda ko‘rib chiqilganligi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.
O’rganishlar bo‘yicha aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan korxona va tashkilotlarga amaliy yordamlar ko‘rsatish davom etmoqda.

M.Kambarova. O’zKUFning Navoiy viloyat kengashi mehnat texnik inspektori

BOSHQA YANGILIKLAR