NAVBATDAGI KONFERENTSIYA » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi
NAVBATDAGI KONFERENTSIYA

NAVBATDAGI KONFERENTSIYA

Navoiy shahar tibbiyot birlashmasi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2021-2023 yillarda tuzilgan jamoa shartnomasining 2022 yilda bajarilishi bo‘yicha navbatdagi konferentsiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Konferentsiya davomida jamoa shartnomasi bandlarining bajarilishi bo‘yicha ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisining hisoboti tinglandi. Jamoa shartnomasiga asosan tibbiyot birlashmasida faoliyat olib borayotgan 1500 nafar xodim uchun jamoa shartnomasi bandlari bo‘yicha har bir xodimga sarflangan mablag‘ 9 mln 600ming so‘mni tashkil qilgani alohida ta’kidladi.
Bundan tashqari tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, shu vaqtgacha faoliyat yuritgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi O.Samanova sog‘ligi sababli yozgan arizasiga asosan egallab turgan lavozimidan ozod etildi hamda delegatlarning 90 foiz ovozi bilan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisligiga Odilova Gulzoda Esanovna saylandi

BOSHQA YANGILIKLAR