Joriy yilning 7 mart kuni Navoiy shahar 2-sonli sport maktabining 2021-2023 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2022 yilda bajarilishi yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Jamoa shartnomasining 2022 yilda bajarilishi borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida sport maktabi direktori Ravshanov Xolmurod Davronovich, hamda kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Buronov Botir Nosirovichlarning hisobotlari tinglandi.
Shuningdek, jamoa shartnomasi bajarilishi haqida tekshiruv dalolatnomasi ham o‘qib eshittirildi.
Jamoa shartnomasining bajarilishi bo‘yicha Navoiy shahar 2-sonli sport maktabida olib borilgan ishlar "qoniqarli” deb baholandi. Jamoa shartnomasiga 2023 yil uchun qo‘shimcha va o‘zgartirishlar loyihasi muhokama qilindi va tasdiqlandi.
Yig‘ilishda viloyat Kengashining yetakchi mutaxassisi S.Qodirova ishtirok etdi.