JAMOA SHARTNOMASI IJROSI
Navoiy shahridagi 7-sonli umumta’lim maktabida 2022-2024 yillar uchun tuzilgan Jamoa shartnomasi bajarilishi yakunlariga bag‘ishlangan mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 170 nafardan ortiq xodimlarga ega maktabda boshlang‘ich kasaba uyushmasi faoliyatiga ijobiy fikr mulohazalar bildirildi. Yig‘ilishda maktab direktori Sharipova Xakima va boshlang‘ich qo‘mita raisi Fozilova Moxinisolarning hisobotlari tinglandi. 2022-2024 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2022 yilda bajarilishi qoniqarli deb topildi.