UMUMIY YIG‘ILISH » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi
UMUMIY YIG‘ILISH

UMUMIY YIG‘ILISH

️Joriy yilning 29 mart kuni Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Navoiy filialining 2021-2023 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2022 yilda bajarilishi bo‘yicha mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
️Yig‘ilishda ish beruvchi vakili hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobotlari tinglandi va bir ovozdan qoniqarli deb topildi. Yig'ilish davomida kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi tomonidan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi hamda yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati haqida keng tushunchalar berib o‘tdi. Yig‘ilish savol-javob, munozara va muxokamalarga boy bo‘ldi.
️Yig‘ilish so‘ngida 2023-2025 yillarga mo‘ljallab tuzilgan yangi jamoa shartnomasi loyihasi muhokama qilindi.

BOSHQA YANGILIKLAR