YANGILANAYOTGAN KONSTITUTSIYA TARG‘IBOTI
O`zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining viloyat Kengashi tomonidan tizimdagi korxona va tashkilotlarda konstitutsiya loyihasi targ‘iboti yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda. Ana shunday targ'ibot tadbirlaridan biri ''Navoiy IES'' AJ ham bo'lib o'tdi. Muloqot davomida Yangilanayotgan Konstitutsiya taraqqiy etgan davlat – Yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyatimizni jipslashtirishi, unda barcha qatlam manfaatlari inobatga olinganligi, loyihani ishlab chiqishda keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ekspertlik va ilmiy doiralar vakillari, ziyolilar faol ishtirok etganligi, alohida ta’kidlandi.