Agrosanoat tarmog`iga qarashli Navoiy viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi jamoa shartnomasining 2022 yilda bajarilishi bo‘yicha mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda ish beruvchi hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobotlari tinglandi va bir ovozdan qoniqarli deb topildi. Mehnat jamoasi yig‘ilishida ishchi xodimlarga yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi hamda yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati haqida keng tushunchalar berib o'tildi.
️Yig‘ilish so‘ngida 2023-2025 yillarga mo‘ljallab tuzilgan yangi jamoa shartnomasi loyihasi muhokama qilindi.
Yig‘ilishda Kengash mutaxassisi F.Yusupova ishtirok etdi.