UNDIRIB BERILDI » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi
UNDIRIB BERILDI

UNDIRIB BERILDI

Αzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashiga fuqaro Qahhorova Zulfiya Xabibillo qizi ariza bilan murojaat etib, (notarial idorasi orqali berilgan bosh ishonchnoma bî‘yicha vakolat berilgan) unda turmush î‘rtog‘i Qahhorov Bahodir Αktam î‘g‘li, Baratov G‘ayratbek Xalimovich, Xaydarov Islomjon Eminjonovich va Zoirov Murodjon Abduraximovichlar foydasiga javobgar "Kumushbibi Grand” MCHJ dan haq evaziga xizmat kî‘rsatish tî‘g‘risidagi shartnoma asosida bajarilgan 103 000 000 sî‘m moddiy zarar (ish haqi), bank foizlari hamda ma’naviy zarar undirib berishda amaliy yordam kî‘rsatishlik sî‘ralgan.
Αzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi "Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash” bî‘limi Bosh mutaxassisi T.Taylaqov tomonidan fuqaroning arizasi batafsil va har tomonlama î‘rganib chiqilgan va FIB Karmana tumanlararo sudiga javobgar "Kumushbibi Grand” MCHJ dan manfaatdor shaxslar Qahhorov Bahodir Αktam î‘g‘li, Baratov G‘ayratbek Xalimovich, Xaydarov Islomjon Eminjonovich va Zoirov Murodjon Abduraximovichlar foydasiga 103 000 000 sî‘m bajarilgan xizmatlar uchun ish haqi, î‘zganing mablag‘idan qonunga zid ravishda foydalanganlik uchun 21 630 000 sî‘m bank foizlari va 8 000 000 sî‘m ma’naviy zarar, jami 132 630 000 sî‘m undirib berishlik tî‘g‘risida kiritilgan da’vo arizasi 2023 yilning 23 mart kunida fuqarolik ishlari bî‘yicha Karmana tumanlararo sudi tomonidan kî‘rib chiqilgan va sudning hal qiluv qarori bilan da’vo talablari tî‘liq qanoatlantirilgan.
Mazkur fuqarolik ishi yuzasidan sudda bevosita kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi vakili sifatida T.Taylaqov ishtirok etgan va uning say-harakatlari natijasida fuqarolarning buzilgan huquqlari himoya qilinib, sudga kiritilgan da’vo arizasida kî‘rsatilgan barcha talablar tî‘liq qanoatlantirilib manfaatdor shaxslarga jami 132 630 000 sî‘m undirib berilishiga erishilgan.

Αzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi "Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash” bî‘limi Bosh mutaxassisi Toshtemir Taylaqov

BOSHQA YANGILIKLAR