️O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to'g'risida" 2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 2023 yil 10- aprel kuni Karmana tuman Axborot - kutubxona markazida "Kitobsevar millat"shiori ostida III Respublika "Kitobxonlik haftaligi" ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
️Tadbirni AKM direktori D.Imomova kirish so'zi bilan ochib berdi. Tadbirda Karmana tuman kasaba uyushmasi raisi U.Musayev, Karmana tuman Ma‘naviyat va ma‘rifat bo‘linmasi rahbari D.Muxammedov, tumandagi 7- umumiy o‘rta ta‘lim maktabi targ‘ibotchisi N. Toshboyeva hamda Adolat sotsial demokratik partiyasi raisi O.Shodiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
️Tadbir ochiq osmon ostida tashkil etildi. Kitob olami savdo markazi tomonidan kitob yarmarkasi hamda Axborot-kutubxona markazi tomonidan tashkil etilgan kitob ko‘rgazmasi barcha ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tashkil etilgan bir biridan qiziqarli o‘yinlarda ishtirokchilar faol qatnashib sovg‘alarga ega bo‘ldi. Tadbirda 18-DMTT tarbiyalanuvchilari hamda AKMning faol kitobxoni Dilora Quvondiqova tomonidan raqs, Kasb- hunar maktabi o‘quvchilari tominidan she‘r 523-sonli harbiy qism askarlari tomonidan qo‘shiq tadbirga ko‘taringki kayfiyat bag‘ishladi.
