O'zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy viloyat kengashiga a'zo tashkilotlarda jamoa shartnomasining 2022 yilda bajarilishi bo‘yicha yig'ilishlar qizg'in davom etmoqda. Jumladan 10 -aprel kuni AITB "Ipak Yo'li" Navoiy filialida xuddi shunday mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
️Yig‘ilishda ish beruvchi hamda kasaba uyushma qo'mitasi raisi hisobotlari tinglandi hamda 2023-2025 yillarga mo‘ljallab tuzilgan yangi jamoa shartnomasi loyihasi muhokama qilindi.
️Yig‘ilish so‘ngida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi hamda yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati haqida alohida to'xtalib o'tildi.
