TALABLAR QANOATLANTIRILDI » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi
TALABLAR QANOATLANTIRILDI

TALABLAR QANOATLANTIRILDI

Αzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashiga fuqarolar Αrazov Jumaniyoz Isoqulovich va Otaniyozov Komiljon Otaniyoz î‘g‘li ariza bilan murojaat etib, unda javobgar Navoiy viloyat Suv omborlari va yirik gidrotexnika inshootlaridan foydalanish boshqarmasiga nisbatan 2020 yilning noyabr oyidan boshlab 2022 yilning yanvar oyiga qadar bî‘lgan davrlar uchun ortiqcha ishlatilgan ish soatlari uchun ish beruvchi tomonidan kam tî‘langan ish haqlari (moddiy zarar) hamda ma’naviy zarar undirib berishda amaliy yordam kî‘rsatishlikni sî‘raganlar.
Αzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi "Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash” bî‘limi Bosh mutaxassisi T.Taylaqov tomonidan fuqarolarning arizalari batafsil va har tomonlama î‘rganib chiqilgan va FIB Karmana tumanlararo sudiga javobgar Navoiy viloyat Suv omborlari va yirik gidrotexnika inshootlaridan foydalanish boshqarmasidan manfaatdor shaxslar Αrazov Jumaniyoz Isoqulovich foydasiga moddiy zarar (ortiqcha ishlatilgan ish soatlari uchun tî‘lanmasdan qolingan ish haqi) sifatida 31 635 168 sî‘m va ma’naviy zarar uchun 2 000 000 sî‘m, Otaniyozov Komiljon Otaniyoz î‘g‘li foydasiga 34 513 520 sî‘m moddiy zarar (ortiqcha ishlatilgan ish soatlari uchun tî‘lanmasdan qolingan ish haqi) va ma’naviy zarar uchun 2 000 000 sî‘m, jami 2 ta xodim uchun 70 148 688 sî‘m undirib berishlik tî‘g‘risida kiritilgan da’vo arizasi 2023 yilning 28 mart kunida fuqarolik ishlari bî‘yicha Karmana tumanlararo sudi tomonidan kî‘rib chiqilgan va sudning hal qiluv qarori bilan da’vo talablari tî‘liq qanoatlantirilgan.
Mazkur fuqarolik ishi yuzasidan sudda bevosita kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi vakili sifatida T.Taylaqov ishtirok etgan va uning say-harakatlari natijasida fuqarolarning buzilgan huquqlari himoya qilinib, sudga kiritilgan da’vo arizasida kî‘rsatilgan barcha talablar tî‘liq qanoatlantirilib manfaatdor shaxslarga jami 70 148 688 sî‘m undirib berilishiga erishilgan.

Αzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi "Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash” bî‘limi Bosh mutaxassisi T.Taylaqov

BOSHQA YANGILIKLAR