MATBUOT ANJUMANI » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi
MATBUOT ANJUMANI

MATBUOT ANJUMANI

Ayollar daftari bilan ishlash tizimi bo‘yicha joriy yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda viloyat Kengashi raisi Nazira Tog‘ayeva va Kengashning mas’ul xodimlari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.
Ma’lumki, davlatimiz rahbarining xotin-qizlar muammolarini hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalarida belgilab berilgan vazifalaridan kelib chiqib, keyingi yilllarda "Ayollar daftari” tizimi ustuvor vazifa sifatida belgilab olindi.
Eng avvalo, yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda xotin-qizlar muammolari bilan ishlash tizimining natijdorligi, mavjud muammolarning o‘z vaqtida samarali yechim topishini kafolatlash ushbu islohotlarda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim omillardan biridir.
Shu bois, xatlov jarayonlariga alohida e’tibor qaratilib, ijtimoiy sohadagi muayyan muammolariga yechim izlayotgan birorta xotin-qizlarni e’tibordan chetda qoldirmaslik, ularning muammolarini puxta o‘rgangan holda "Ayollar daftari” tizimi doirasida hal etish kun tartibidagi birlamchi vazifa sifatida belgilab olindi.
Umumiy hisobda "Ayollar daftari”ning birinchi bosqichida 201 ming 954 nafar xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari anketa-so‘rovnomalari orqali xatlovdan o‘tkazildi.
Ularning ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir hamda yordamga muhtoj 12 ming 827 nafari "Ayollar daftari”ga kiritildi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, xatlov natijalariga ko‘ra shakllantirilgan ro‘yxatlar Xalq deputatlari hududiy Kengashlari tomonidan tasdiqlab olindi va "Ayollar daftari”ga kirgan xotin-qizlar 9 ta toifaga ajratildi. Xotin-qizlar muammolari bilan mianzilli ishlash va ularga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar sifati qat’iy nazorat ostiga olindi.
Bu borada, "Ayollar maslahat kengashi” jamoatchilik tuzilmalarining bevosita hududiy hokimliklar bilan tizimli hamkorligi yo‘lga qo‘yildi.
"Ayollar daftari” tizimi asosida olib borilgan ishlar natijasida, 2021 yilning 31 may holatiga 12819 nafar xotin-qizlarga belgilangan tartibda ijtimoiy-iqtisodiy yordamlar ko‘rsatildi va ularning muammolari hal etildi.
"Ayollar daftari”ning ikkinchi bosqichida esa umumiy hisobda 201 ming 954 nafar xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari anketa-so‘rovnomalari orqali xatlovdan o‘tkazildi.
Ularning ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir hamda yordamga muhtoj 15 ming 265 nafari "Ayollar daftari”ga kiritildi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, xatlov natijalariga ko‘ra shakllantirilgan ro‘yxatlar Xalq deputatlari hududiy Kengashlari tomonidan tasdiqlab olindi va "Ayollar daftari”ga kirgan xotin-qizlar 9 ta toifaga ajratildi hamda Xotin-qizlar muammolari bilan mianzilli ishlash va ularga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar sifati qat’iy nazorat ostiga olindi.
Bu borada, "Ayollar maslahat kengashi” jamoatchilik tuzilmalarining bevosita hududiy hokimliklar bilan tizimli hamkorligi yo‘lga qo‘yildi.
"Ayollar daftari” tizimi asosida olib borilgan ishlar natijasida, 2022 yilning 1 oktabr holatiga 15 265 nafar xotin-qizlarga belgilangan tartibda ijtimoiy-iqtisodiy yordamlar ko‘rsatildi va ularning muammolari hal etildi.
"Ayollar daftari”ning 3-bosqichi uchun 2022 yilda kasaba uyushmalari tashkilotlari xodimlari hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda umumiy hisobda 240 ming 709 nafar xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari anketa-so‘rovnomalari orqali xatlovdan o‘tkazildi.
Ularning ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir hamda yordamga muhtoj 20 ming 444 nafari "Ayollar daftari”ga kiritildi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, xatlov natijalariga ko‘ra shakllantirilgan ro‘yxatlar Xalq deputatlari hududiy Kengashlari tomonidan tasdiqlab olindi va "Ayollar daftari”ga kirgan xotin-qizlar 6 ta toifaga ajratildi. "Ayollar daftari” tizimi asosida olib borilgan ishlar natijasida, 20 444 nafar xotin-qizlarning 20 040 nafariga belgilangan tartibda ijtimoiy-iqtisodiy yordamlar ko‘rsatildi va ularning muammolari hal etildi. Yildan yilga ortirilgan tajribalar, natijadorlik bosqichma-bosqich kuchayishi natijasida ming-minglab xotin-qizlarimiz "Ayollar daftari” imkoniyatlaridan foydalanishdi.
Shuningdek, "Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlashda, ayollarning muammolarini hal etishda o‘zining fidokorona mehnati bilan barchaga namuna ko‘rsatgan mas’ullarni munosib rag‘batlantirish maqsadida Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublika komissiyasi tomonidan "Eng namunali ayol ish beruvchi”, "Kasaba uyushmalari laureati”, "Eng yaxshi mahalla raisi”, "Eng yaxshi sektor rahbari”, "Eng yaxshi xotin-qizlar faoli”, "Eng yaxshi yoshlar yetakchisi” kabi tanlovlarga start berilib, "Spark” "Neksiya”, "Koblt”, "Jentra” kabi avtomoshinalar sovringa quyildi.
Xabarlaringiz bor, bizning viloyatimiz faollari ham ushbu musobaqalarda Nizom talablari asosida qatnashib, 2021 yilda koblt, 2022 yilda "Jentra” avtomashinasini olish sharafiga muyassar bo‘lishdi.
Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika komissiyasining 2022 yil 19 dekabrdagi 4-sonli bayonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, "Ayollar daftari”ning 4 bosqichi boshlandi hamda viloyatda mavjud 330 ta mahallalardagi umumiy hisobda 233 ming 760 nafar 30 yoshdan oshgan xotin-qizlardan 232 ming 300 nafarining muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari anketa-so‘rovnomalari orqali xatlovdan o‘tkazildi. 263 nafari ichki migratsiyada, 1 ming 93 nafari tashqi migratsiyada, 35 nafari sog‘ligi tufayli kasalxonada bo‘lganligi, 9 nafari jazo muddatini o‘tayotganligi hamda 60 nafari boshqa sabablarga ko‘ra yashash joyida bo‘lmaganligi sababli, jami 1 ming 460 nafar xotin-qizlar bilan suhbat o‘tkazish imkoniyati bo‘lmadi.
Ushbu tizimda to‘plangan tajribadan kelib chiqib, xotin-qizlarni birlamchi xatlovdan o‘tkazish ishlarining sifati va ko‘lamiga alohida e’tibor qaratildi, bu jarayonga 3000 nafardan ortiq mas’ul xodimlar jalb qilindi.
Xatlovdan o‘tkazilgan xotin-qizlarning ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir hamda yordamga muhtoj 30 ming 56 nafari "Ayollar daftari”ga kiritildi.
"Ayollar daftari” 4-bosqichi ro‘yxatlari asosida har bir muammoning, ijtimoiy yordamning individual dasturi, muddati, manbasi va mexinzmlari puxta belgilab olindi.
Joriy yilda:
5259 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;
1055 nafar tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand ayollar;
8449 nafar boquvchisi bo‘lmagan ijtimoiy yordamga muhtoj xotin-qizlar;
11831 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi mavjud, shuningdek tezkor tibbiy yordamga muhtoj xotin-qizlar;
278 nafar uy-joyga muhtoj xotin-qizlar;
3184 nafar qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud extiyojmand xotin-qizlarning muammolari hal etiladi, ularning ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini mustahkamlashida davlat ko‘magi ko‘rsatiladi va bu ishlar qat’iy nazoratga olinadi.
1-chorak davomida:
8928 nafar ehtiyojmandlarga 6 mlrd. 439 mln. so‘m moddiy yordamlar ko‘rsatildi;
71 nafarining uy-joylaridagi ta’mirlash ishlari uchun 407 mln. so‘mlik qurilish materiallari olib berildi; 145 nafarining 863 mln. so‘mlik ijara kompensatsiyasi to‘lab berildi;
700 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar bandligi ta’minlandi;
184 nafariga 2 mlrd. 944 mln. so‘m miqdoridagi imtiyozli kreditlar rasmiylashtirilib, o‘zlarining shaxsiy biznesini boshlashga ko‘maklashildi.
Viloyatda "Ayollar daftari”ning 4-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarga amaliy yordam berish ishlari 1-chorak davomida qariyb 33 foizga bajarildi.
Ushbu yo‘nalishdagi vazifalar izchil davom ettiriladi, joriy yilda "Ayollar daftari” bilan ishlash tizimi doirasida chora-tadbirlar sifati va ko‘lami yanada yaxshilanadi.
Eng asosiysi, viloyatda buning uchun yetarli moliyaviy resrurslar mavjud, tizim doirasida har bir masalaning yechimi bo‘yicha aniq mexanizmlar belgilab olingan.

BOSHQA YANGILIKLAR