TA‘TIL PULLARI UNDIRILDI » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi
TA‘TIL PULLARI UNDIRILDI

TA‘TIL PULLARI UNDIRILDI

Tibbiyot xodimlariga to‘lanmasdan qolingan mehnat ta’tili pullari kasaba uyushmasi aralashuvi bilan to‘lab berildi.
️Navbahor tuman Tibbiyot birlashmasi karonavirus infeksiyasiga qarshi kurash tadbirlariga jalb etilgan 2020-2021 yillarda muddatdagi ish haqisini koronavirus pandemiyasi davrida hodimlarga beriladigan barcha qo‘shimchalar, shu jumladan maxsus to‘lovlar, kunlik qo‘shimchalar, bir yo‘la beriladigan to‘lovlar qo‘shib hisob kitob qilinmaslik natijasida 46 nafar hodimlarga 117 552 023 so‘m mehnat ta’tili uchun to‘lovlari uchun to‘lanmasdan qolinganligi o‘rganish davomida aniqlanib, Navbahor tuman Tibbiyot birlashmasi rahbariga to‘lovlarni to‘lab berish bo‘yicha kiritilgan Yozma ko‘rsatmaga asosan 46 nafar xodimlarga ish beruvchi tomonidan 117 552 023 so‘m to‘lab berilishiga erishildi.

BOSHQA YANGILIKLAR