️O’zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan har yili 9 may – "Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami arafasida insonlar salomatligi yo‘lida jonlarini fido qilgan tibbiyot xodimlarini xotirlash, ular oilasi va yaqinlari holidan xabar olish hamda ko‘p yillar sohada fidokorona mehnat qilib, hozirda nafaqada bo‘lgan mehnat faxriylari, kasaba uyushma faollarining ko‘p yillik samarali, beminnat mehnatlarini qadrlash, e’tirof etish maqsadida "Xotira va Qadrlash aksiyasi” e’lon qilingan hamda Respublika Kengashi raisi tashabbusi bilan Navoiy viloiyatiga 13 dona yodnoma hamda 67 dona qadrnoma yuborildi.

️9 may – "Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan O’zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Navoiy viloyati kengashi raisi Feruza Iskandarovna, viloyat kengashi mas’ul xodimlari hamda ish beruvchilar, boshlang’ich tashkilot raislari bilan hamkorlikda Respublika Sud tibbiy ekaspertiza ilmiy-amaliy markazi rahbari vazifasida uzoq yillar mehnat qilib bevaqt olamdan o’tgan Sayfullayev Yashin Fayzullayevich, Konimex tuman tibbiyot birlashmasida uzoq yillar tozalikbon bo’lib ishlab hozirda vafot etgan Eshonqulova Zulayho, shifokor Nurbayeva Ochiloylarning xolidan xabar olindi. Ularning xonadonlariga Respublika Kengashi raisi tomonidan yuborilgan yodnoma va oziq-ovqat jamlanmalari topshirildi.

▪️Xonadon egalari yurtboshimizga hamda yurtboshimiz yonida yelkama yelka mehnat qilib kelayotgan Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Q.Rafiqov va Sog’liqni salash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi F.Xanapiyayevlarga alohida minnatdorchilik bildirib o’tishdi. Aksiya davom etmoqda.