Barchamizga ma’lumki "Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqlari hamda imkoniyatlari kafolatlari tî‘g‘risida” gi Αzbekiston Respublikasi qonuniga qî‘shimcha va î‘zgartirishlar kiritish masalasidagi qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika adliya vazirligi, oila va xotin qizlar qumitasi hamda Αzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan qî‘shma targ‘ibot tadbirlarini î‘tkazish reja jadvali ishlib chiqilgan. Joriy yil 5 may kuni Αzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyati kengashida mazkur masala yuzasidan seminar î‘tkazildi.
Unda Navoiy shahri hamda Karmana tumani mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat yuritayotgan foal xotin-qizlar, turli korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan opa-singillarimiz shuningdek, kasaba uyushmalari viloyat kengashining barcha mas’ullari ishtirok etdilar. Tadbirga taklif qilingan mutaxassis va mas’ullar asosan "Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishning jahon tajribasi va milliy amaliyoti tî‘g‘risida” sî‘zga chiqdilar. Viloyat adliya boshqarmasi huquqiy axborot va targ‘ibot bî‘limi boshlig‘i Dildora Kattayeva, Novoiy viloyati hokimligi bosh mutaxassisi Dilnoza G‘offorova, kasaba uyushmalari tizimi viloyat kengashi mehnat-huquq inspektri Alisher Rahmatovlarning bu boradagi fikr-mulohazalari kî‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi.
Ayniqsa, kasaba uyushmalari tizimida uzoq yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan Nazira Tog‘ayeva hamda Anora Bobomurodovalarning xotin-qizlar muammolar, ularni tezlik bilan bartarf etishning muhim chora-tadbirlari haqidagi mulohazalari qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bî‘ldi. Seminar sî‘ngida mutaxassis va mutasaddilar qatnashchilar tomonidan î‘rtaga tashlangan savollarga atroflicha javob berdilar. Shuningdek, xotin-qizlarimiz hayotini, mehnatlarini samarali muhofaza qilish, ularning savodxonligini oshirib borish muhim masala ekanligini alohida e’tirof etdilar.
