INSON QADRI - ULUG‘, XOTIRA MUQADDAS » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi
INSON QADRI - ULUG‘, XOTIRA MUQADDAS

INSON QADRI - ULUG‘, XOTIRA MUQADDAS

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi tashabbusi bilan 9 may - Xotira va Qadrlash kuni, umumxalq bayrami munosabati bilan Navoiy shahridagi "Tanho” choyxonasi bayramona bezatildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining viloyat Kengashi hamda sohalar bo‘yicha tarmoq Kengashlari hamkorligida "Nuroniylar e’zozimizda” aktsiyasi doirasida "Inson qadri-ulug‘, xotira muqaddas”” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirga viloyat Kengashi hamda sohalar bo‘yicha tarmoq Kengashlarida faoliyat yuritayotgan kasaba uyushmasi faollari, urush va mehnat fronti qatnashchilari, korxona, tashkilot va muassasalarda ishlab, hozirda nafaqada bo‘lgan yoki faoliyat yuritayotgan mehnat faxriylari, jangchi-faxriylar (baynalmilalchilar), mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar oilalari taklif etildi.

Tadbirni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining viloyat Kengashi raisi Tog‘ayeva Nazira Mamanazarovna ochib berdi hamda barcha ishtirokchilarni umumxalq bayrami bilan samimiy qutladi.
Shuningdek, tadbirga tashrif buyurgan nuroniylarimiz so‘zga chiqishib, mazkur bayramning mohiyati, bugungi tinch va farovon hayotimizgacha bo‘lgan davrlarning salmoqli qadamlari bilan o‘rtoqlashdilar. Vatan ravnaqi va Yurt taraqqiyoti yo‘lida ulkan mas’uliyat bilan mehnat qilgan bir guruh mehnat faxriylari kasaba uyushmalari tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alarini bilan taqdirlanishdi.
Shundan so‘ng viloyat Madaniyat boshqarmasi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi ishtirokchilarga bir olam zavq bag‘ishladi.

BOSHQA YANGILIKLAR