Bugungi kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan huquqiy demokratik davlat qurishda amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida korxona, muassasa va tashkilotlarda ishlovchi ishchi-xodimlar ham î‘z huquqlarini kasaba uyushmalari orqali himoya qilinishining muhim poydevori yaratildi.
Αzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat kengashiga Karmana tumani Xî‘ja Hisrav mahalla fuqarolar yig‘ini, "Pillakor” kî‘chasi 1-uy 3-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro Oliya Pî‘lotova ariza bilan murojaat qilib, "Karmana ipak qurti urug‘i” mas’uliyati cheklangan jamiyatida uzoq yillar ishlab, 1993 yilda kasb kasalligiga chalinib, unga umrbod II-guruh nogironligi belgilanganligi hamda "Karmana ipak qurti urug‘i” MCHJ tomonidan 2022 yilning may oyidan 2023 yilning may oyiga qadar tî‘lanmasdan kelinayotganligi oyma-oy tî‘lanishi zarur bî‘lgan zarar tî‘lovlarini undirib berishda amaliy yordam sî‘ragan.
Αzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi mehnat-texnik inspektori M.Kambarova tomonidan fuqaroning arizasini î‘rganish maqsadida "Karmana ipak qurti urug‘i” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga borilib, batafsil va har tomonlama î‘rganib chiqilib, fuqaro O.Pî‘lotovaga jamiyat tomonidan 2022 yil may oyidan 2023 yil may oyiga qadar zarar tî‘lovlari tî‘lanmaganligi aniqlandi.

Αrganishlar natijasiga kî‘ra, jamiyat tomonidan fuqaro Oliya Pî‘lotovaga bir yil davomida tî‘lanmagan 8 100,0 (sakkiz million bir yuz ming) zarar tî‘lovlaridan mavjud qarzdorlik undirib berildi.
Shu î‘rinda bir savol tug‘iladi, nega ayrim rahbarlar shuncha yil ishlab shu tashkilotga î‘z hissasini qî‘shgan, mehnatda mayblanib, bugungi kunda nogironlikka chalingan î‘z xodimlarini haqini berishni unutib qî‘yishadi. Axir î‘zlari ish haqi olishni unutishmaydiku......
Xulosa î‘zingizdan.
Αzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat kengashi mehnat texnik inspektori Kambarova Maxbuba