HAMSHIRALAR KUNI » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi
HAMSHIRALAR KUNI

HAMSHIRALAR KUNI

Jahonda har yilning 12 mayi — Xalqaro hamshiralar kuni sifatida keng nishonlanadi. Mamlakatimizda ham professional hamshiralar faoliyatining asoschisi Florens Naytingeylning tavallud kuni sharafiga belgilangan bu sanada î‘rta tibbiyot xodimlarining zahmatli mehnati e’tirof etiladi. Ularga e’zozu ehtirom kî‘rsatiladi. El-yurt orasida hurmat qozongan, chinakam matonat va jasorat sohibi bî‘lgan hamshiralarning kasbiy bilim va malakalarini oshirib borishni qî‘llab-quvvatlash, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, faoliyatini ommalashtirish, mohir î‘rta tibbiyot xodimlari orasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish har jihatdan muhim ahamiyatga ega.
Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan Αzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi tomonidan ijtimoiy sug‘urta byudjeti mablag‘lari hisobidan Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Navoiy viloyat filiali hamshirasi Berdiyeva Aziza, Navbahor tuman tibbiyot birlashmasi doyasi Zokirova Maxsuda hamda Qiziltepa tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi Yuldosheva Saodatlarga joriy yilning 20 mayidan boshlab Toshkent viloyatidagi Bî‘ston sanatoriysida sog‘liklarini tiklashlari uchun bepul yî‘llanmalar berildi.
Ijtimoiy sug‘urta bî‘limi yetakchi mutaxassisi Muyassar Nazarova

BOSHQA YANGILIKLAR