Αzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat kengashi mehnat texnik inspektori tomonidan viloyatdagi 2023 yilgi yozgi dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumida oromgohlarni mavsumga tayyorgarlik ishlarining ahvoli î‘rganildi.
Navoiy viloyatidagi 7 ta statsionar oromgohlarda 3 va 4 smenada 8160 nafar bolajonlar sog‘lomlashtirilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda barcha oromgohlarda mavsumga tayyorgarlik ishlari qizg‘in olib borilmoqda.
Jumladan: Bolalarni sog‘lomlashtirish va dam olishini tashkil etish Departamenti tasarrufidagi "Ishonch” bolalar oromgohi mavsum davomida 4 smenada 400 nafar bolalarni qabul qiladi. Oromgohning – barcha yotoqhonalari, oshxona, ichki va tashqi dush-hojatxonalari hamda suzish havzasi joriy ta’mirlanib, tozalash ishlari olib borilmoqda. Oromgoh atrofi va sport maydonchalari begona î‘tlardan tozalanib, daraxtlarning qurigan shoxlari kesilgan. Oromgohga borish yî‘llari ta’mirlanib, tuman obodonlashtirish bî‘limi tomonidan yî‘l chetidagi begona î‘tlardan tozalash ishlari olib borilmoqda.
Departamentning Qiziltepa tumanidagi "Qiziltepa” va "Tabassum” oromgohlarida ham joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda, oromgohlarda 3 smenada 100 nafardan bolalarni qabul qiladi. Ikkala oromgoh ham 2023 yil manzilli dasturga kiritilgan bî‘lib, qaytadan qurib, 2024 yil mavsumiga foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Departament tasarrufidagi uchchala oromgohlarda ham bolalar uchun idish-tovoqlar va choyshablar, sport anjomlari yangidan keltirilgan. Oshxonalar elektrlashtirilgan.
Navbahor tumanining Sarmishsoy darasida joylashgan "Qizilqumsement” AJga tasarrufidagi "Shaboda” oromgohi 4 smenada 1200 nafar bolajonlarni sog‘lomlashtiradi. Oromgohda joriy ta’mirlash ishlari yakunlanib, tozalash ishlari olib borilmoqda. Oromgohga olib boruvchi yî‘llar ta’mirlangan. Sport va kî‘ngilochar maydonchalari, amfiteatr mavsumga shay qilib quyilgan. Oshxona elektrlashtirilgan.
Karmana tumanining "Varq” mahallasida joylashgan "Navoiyazot” AJ amfiteatr mavsumga shay qilib quyilgan. Oshxona elektrlashtirilgan.
"NKMK jamg‘armasi” Davlat muassasasi tasarrufidagi Navbahor tumanining Sarmishsoy darasida joylashgan "Sarmish” oromgohida mavsum davomida 4 smenada 2640 nafar bolajonlarni sog‘lomlashtirish rejalashtirilgan. Oromgohda ishlar sust olib borilmoqda. Oromgoh 1 smenada 660 nafar bolajonlarni dam oldirishga mî‘ljallangan bî‘lsada, bugungi kunga qadar joriy ta’mirlash ishlari yakunlanmagan. Bolalar uchun choyshablar va idish-tovoqlar yetarli emas. Obodonlashtirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, daraxtlarning qurigan shoxlari kesilmagan. Xavfsizlik ishlari yakuniga yetkazilmagan.
Tomdi tumanidagi "Zarafshon” bolalar oromgohi mavsumga tî‘liq tayyor. Oromgohning barcha yotoqxonalari joriy ta’mirlangan, obodonlashtirish ishlari olib borilgan, sport va kî‘ngilochar maydonchalar, amfiteatr suzish havzalari ta’mirlanib tozalangan, atraksionlar nazorat organi kî‘rigidan î‘tkazilgan. Oromgohga borish yî‘llari ta’mirlanib obodonlashtirilgan. Ichki-tashqi dush va hojatxonalar tî‘liq ta’mirlangan.
Αrganilgan barcha oromgohlarda tibbiyot xonalari tashkil etilgan, tibbiyot xonalarida dori-darmonlarni saqlash uchun muzlatkichlar qî‘yilgan. Har bir oromgohda kamida ikkitadan izolyator xonalari tashkil etilgan bî‘lib, izolyator xonalari jihozlangan.
Bundan tashqari barcha oromgohlarda î‘t î‘chirish jamlanmasi (shit) lar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi tomonidan kî‘rikdan î‘tkazilib, tamg‘alangan. Mas’ul javobgar shaxslar tayinlangan.
Oromgohlar 1 smena ochilishdan 3 kun oldin dizenfeksiya, dizenseksiya va deratizatsiya ishlari olib boriladi. Tibbiyot xodimlari biriktirilgan.
Batafsil: https://telegra.ph/MAVSUMGA-TAYYORGARLIK-QAY-DARAJADA-05-26
M.Kambarova, ΑzKUFning Navoiy viloyat kengashi mehnat texnik inspektori
