Joriy yilning 20 iyul kuni O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi majlislar zalida "Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashi kurash” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat kengashi rahbariyati hamda xodimlari, Davlat mehnati nazorati inspeksiyasi boshliq o‘rinbosari B.Hamroyev, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatdagi mintaqaviy vakili Sh.Jo‘rayev, NNTlarni muvofiqlashtirish Kengashi raisi H.Jumayev, viloyat IIB mas’ul xodimi B.Xoliqova ishtirok etdi.
Tadbirni viloyat Kengashi raisining o‘rinbosari Normurod Isoqov ochib berdi va Davlat mehnati nazorati inspeksiyasi boshliq o‘rinbosari B.Hamroyev, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatdagi mintaqaviy vakili Sh.Jo‘rayev, NNTlarni muvofiqlashtirish Kengashi raisi H.Jumayev, viloyat IIB mas’ul xodimi B.Xoliqova tomonidan tushuntirish va ma’ruzalari tinglandi.
Xususan, ishtirokchilarga Majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilgan hollarda qonunchilikda belgilangan choralar, jamoa shartnomalari va mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi, majburiy mehnatdan foydalanishning oldini olish borasida kasaba uyushma tashkilotlarining mas’uliyati, Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish hududiy komissiyasiga yuklatilgan vazifalar, bu borada viloyat komissiyasi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.
Seminar bahs-munozaraga boy tarzda o‘tdi.
O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi bo‘lim mudiri O.Bobomurodov
