BUGUN ISHBILARMON AYOLLAR DAVRIDIR » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi
BUGUN ISHBILARMON AYOLLAR DAVRIDIR

BUGUN ISHBILARMON AYOLLAR DAVRIDIR

O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, O’zbekiston Fermerlar Kengashi, O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O’zbekiston kasba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyat Kengashi hamkorligida "Ishbilarmon ayol - 2023” ko‘rik tanlovi respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ishbilarmon ayollarning chinakam bayramiga aylangan mazkur tadbirda 10 dan ortiq tadbirkor, fermer va hunarmand xotin-qizlarimiz o‘zlarining ko‘rgazma mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.
Dastlab tadbirkor va fermer ayollar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng hakamlar tomonidan ishtirokchilarning loyiha nizomiga muvofiq, xotin-qizlar uchun qo‘shimcha yangi ish o‘rni yaratganligi, «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarni kasb bo‘yicha o‘qitilganligi, bandligini ta’minlagan va hayotda o‘z o‘rnini topib ketishida ko‘maklashganligi, faoliyat turidan kelib chiqib eksportga yo‘naltirilgan yoki import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishi, aholiga ko‘rsatayotgan xizmatining sifati hamda faoliyatida hayotga tatbiq etib kelayotgan yangi innovatsion g‘oyalari ham baholashda alohida e’tiborga olindi.


Tadbir davomida ayolni, Vatanni, istiqlolni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar sadosi ostida tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda hakamlar tomonidan ishbilarmon ayol maqomiga munosib ko‘rilgan ishtirokchilar nomi e’lon qilinib, «Zamonaviy tashabbuskor ayol», «Yilning muruvvatli ishbilarmon ayoli», «Qishloqni ijtimoiy rivojlantirishda faollik ko‘rsatgan fermer ayol», «Investitsiyalarni jalb qilishda tashabbus ko‘rsatgan ishbilarmon ayol», «Eng yosh, faol ayol tadbirkor» kabi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.
Ishbilarmon ayollarga partiya va hamkor tashkilotlarning diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari taqdim etildi. 3-o‘rinni egallagan Navoiy shahar ishtirokchisi Husanova Latofat Nurullayevna "Chados-2009” MChJ raxbari kasaba uyushmasi tomonidan 2 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
 

BOSHQA YANGILIKLAR