BIZ MAJBURIY MEHNAT VA BOLALAR MEHNATIGA QARSHIMIZ » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi
BIZ MAJBURIY MEHNAT VA BOLALAR MEHNATIGA QARSHIMIZ

BIZ MAJBURIY MEHNAT VA BOLALAR MEHNATIGA QARSHIMIZ

Mamlakatimizda olib borilayotgan izchil siyosat, ta’lim sohasiga katta e’tibor qaratilishi, Yangi O’zbekistonning bugungi kun yosh avlodini ilmli va ziyoli bo‘lib kamol topishida katta ahamiyatga ega bo‘lib kelmoqda.
14 sentabr kuni Navoiy shahridagi 8-maktabning faollar zalida O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasining Navoiy shahar bo‘linmasiga a’zo maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari hamda boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari hamda maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida ZOOM platformasi orqali barcha shahar va tuman bo‘limlari boshliqlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. O’tkazilgan yig‘ilishda ma’ruzaga chiqqanlar tomonidan, O’zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Xalqaro mehnat tashkilotining 105 va 182-sonli konvensiyalari talablari asosida milliy qonunchiligimizga kiritilayotgan o‘zgarishlar, yangi normalar, huqumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qonunosti hujjatlar hamda majburiy mehnat va bolalar mehnatidan foydalanganlik uchun qonunchilikda belgilangan ma’muriy javobgarliklar to‘g‘risida tushuntirildi.
Har bir tashkilot va massasalarda jamoa yig‘ilishlarida aynan mamlakatimizda yuqoridagi masalalarga butunlay barham berilganligi tushuntirilishi bayonnomalar rasmiylashtirilishi, darslarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga dalaga hattoki ota-onasi bilan ham bormasligi bo‘yicha gapirib tushuntirishlari ta’kidlandi. 2023 yil paxta yig‘im-terimi mavsumida paxta dalalarida bolalar bo‘lmasligi, ularni bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli o‘tkazishlari uchun maktablardagi to‘garaklarga jalb etilishi yuzasidan takliflar ham berildi.

BOSHQA YANGILIKLAR