O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi hamda O’zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik Kengashining Navoiy viloyat hududiy bo‘linmasi hamkorligida O’zbekiston Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Yangi O’zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida "Ma’rifat soati” tashkil etildi.
Tadbirda Viloyat faxriylar Kengashi a’zolari, Navoiy shahar Mudofaa ishlari bo‘limi faxriylari, harbiy qismda xizmat qilayotgan yoshlar, kasaba uyushmasi faollari hamda viloyat Kengashining apparat xodimlari ishtirok etishdi.

"Ma’rifat soati”ga tashrif buyurgan ishtirokchilar kasaba uyushmasi binosining kirish qismidanoq bayramono kayfiyat ruhini his qilishdi.
Harbiy orkestir sadolari ostida yangragan kuy qo‘shiqlar ishtirokchilarga bayram tabrigi sifatida yangradi.
So‘zga chiqqan faxriylarimizning barchalari mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tizimini isloh qilish va uning qudratini mustahkamlash borasida olib borilayotgan davlat siyosatinining tahsinga loyiqligini, milliy arimiyamiz mamlakatimiz mustaqilligini saqlash, sarhadlar dahlsizligini ta’minlashning hamda Vatanimizdagi tinch va xotirjam hayotning kafolati ekanligini misollar bilan tushuntirib berishdi.

O’zlari faoliyat olib borgan davr bilan hozirgi davrni farqini faxr va iftixor bilan ta’kidlashdilar.
Harbiy qismda xizmat qilayotgan yoshlar nomidan so‘zga chiqqan oddiy askar Mansur Jo‘rayev harbiylar uchun yaratilgan shart-sharoitlar uchun Hurmatli Prezidentimizga tashakkur izhor qildi.

Bayram munosabati bilan ishtirokchilarga kasaba uyushmalarining esdalik sovg‘alari taqdim etildi.