Joriy yilning 14-fevral kuni "O’zbekiston pochtasi"AJ Navoiy filialida faoliyatlar tahlili va istiqboldagi rejalar muhokamasiga bag‘ishlangan jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishi bo‘yicha mehnat jamoasining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada O’zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tashkiliy bo‘lim mutaxassisi R.To‘rayeva, viloyat Kengashi xodimi Z.Mislimov,"O’zbektelekom"AK kasaba uyushma qo‘mitasi raisi kurator R.Darbayeva hamda ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.
"O’zbekiston pochtasi"AJ Navoiy filiali direktori G’.Orziqulov hamda kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Sh.Raxmatovalarning 2023 yilda jamoa shartnomasi bandlarining bajarilishi hamda 2024 yildagi ustuvor vazifalari to‘g‘risida hisobotlari tinglandi hamda tahliliy-tanqidiy jihatdan muhokama etildi. Jamoa shartnomasining bajarilishi qoniqarli deb topildi.
