O’zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar to‘g‘risida”gi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida 2022 yil 15 dekabridagi O’RQ-809-son Qonuniga asosan davlat organlari va tashkilotlarida jamoatchilik nazorati doirasida Genderga oid audit o‘tkazish belgilangan.
Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi majlisining 2023 yil 21 iyuldagi 6-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan 3 yillik reja hamda Genderga oid auditni o‘tkazish uslubiyotiga asosan, O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tizimidagi tashkilotlarda, ya’ni Navoiy viloyat Transport boshqarmasi hamda viloyat "Navoiy xalqaro aeroporti” mas’uliyati cheklangan jamiyatida Genderga oid auditni o‘tkazuvchi ishchi-guruh tomonidan audit o‘tkazish ishlari yakunlandi.
Kasaba uyushmalari viloyat Kengashining mehnat-texnik hamda mehnat-huquq inspektorlari, viloyat sog‘liqni saqlash, adliya, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik Bosh boshqarmasining malakali xodimlarining iborat ishchi-guruh tomonidan tashkilotlarda xotin-qizlar va erkaklar uchun yaratilgan imkoniyatlar, mehnat sharoitlarining tengligi, kadrlar siyosatini, xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi holati, gender maslahat kengashlari faoliyati, mehnat qonunchiligi va boshqa yo‘nalishlarda o‘rganishdi.
Genderga oid audit o‘tkazishda ishchi-guruh tomonidan to‘plangan hujjatlarni o‘rganilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatildi.

Jamoatchilik nazorati tartibida o‘tkazilgan audit yakunida jamiyatning xotin-qizlari bilan jamiyatdagi ichki muhit, ish beruvchi tomonidan xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ish haqlarini to‘lashda tafovutlar bor-yo‘qligi to‘g‘risida suhbatlashildi. Ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.