ZO`RAVONLAK VA TAZYIQQA QARSHIMIZ » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi
ZO`RAVONLAK VA TAZYIQQA QARSHIMIZ

ZO`RAVONLAK VA TAZYIQQA QARSHIMIZ

Prezidentimizning 2021 yil 19 maydagi «Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan õotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5116-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida joriy yilning 26 fevral kuni O`zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi majlislar zalida "Ayollarni reablitatsiya qilish va moslashtirish viloyat hududiy bo’limi” bilan hamkorlikda Kengashning apparat xodimlari, sohalar bo’yicha Kengash raislari hamda mas’ul tashkilotchilar ishtirokida zo’ravonlik turlari, huquqbuzarlik va jinoyatchilik profilaktikasi bo’yicha targ’ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.
Dastlab tadbirni O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi Xotin-qizlar komissiyasi raisi N.Nurmonova kirish so’zi bilan ochib berdi.
Tadbirda ayollarni reablitatsiya qilish va moslashtirish viloyat hududiy bo’limi direktori N.Ermamatova hamda markaz psixologi M.Shukurovalar joylarda zo‘ravonlikdan jabrlangan va jabrlanayotgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari, shuningdek, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlar hamda ularning ayanchli holatlarini hayotiy misollar bilan yoritilgan ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Tadbir davomida namoyish etilgan mavzuga oid hayotiy videoroliklar barchani sergak tortishiga, shuningdek, yon-atrofda, qo’ni-qo’shnilarda bo’layotgan voqea-hodisalarga beparvo bo’lmaslikka yana bir bor undadi.

BOSHQA YANGILIKLAR