BAYRAM TUHFASI » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi
BAYRAM TUHFASI

BAYRAM TUHFASI

Mamlakatimizda xotin-qizlarga e’tibor, ularning ijtimoiy hayotda faolligi oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘lanilishiga aylangan. Ayol bari bir ayol, qaysi sohada yoki qaysi kasbda faoliyat yuritmasin ayollik latofati yuzlarida sezilib turishi kerak. Shuning uchun, 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan va xotin-qizlarga ehtirom belgisi sifatida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan aksiya doirasida Navoiy viloyati Kengashi tomonidan Zarafshon shahar obodonashtirish boshqarmasi xodimi Qudratova Xolida Barakayevna, Zarafshon shahar sanoat texnikumi xodimi Bozorova Sanobar Salimovna hamda Qiziltepa tuman hokimligi xodimi Jo‘rayeva Soliya Nasrullayevnalarga ijtimoiy sug‘urta budjeti mablag‘lari hisobidan kasaba uyushmalari tizimidagi "Umid gulshani” sanatoriysida o‘z sog‘liklarini tiklashlari uchun bepul yo‘llanmalar berildi.

BOSHQA YANGILIKLAR