GENDERGA TENGLIKKA ERISHISHDA HAMKORLIK » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi
GENDERGA TENGLIKKA ERISHISHDA HAMKORLIK

GENDERGA TENGLIKKA ERISHISHDA HAMKORLIK

Joriy yilning 8 avgust kuni O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyat Kengashining majlislar zalida O’zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tarmog‘i, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyati Kengashi hamda Navoiy viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi bilan hamkorlikda Qishloq xo‘jaligi boshqaramasi hamda unga qarashli korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar uchun "Qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy himoyasi, mehnat muhofazasini kuchaytirish bunda Xalqaro mehnat tashkiloti hamda mehnat standartlari bo‘yicha soha xodimlarining xabardorligni oshirish, jumladan, gender tenglikka erishish” mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Dastlab, Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Navoiy viloyati mas’ul tashkilotchisi Bahodir Aslonov kirish so‘zi bilan ochib berdi va qatnashchilarni kun tartibidan o‘rin olgan mavzular bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyati Kengashi raisi Nazira Tog‘ayeva xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr yuritdi.
Shuni ta’kidlash joizki, oxirgi yillarda gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, sohaga oid 30 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda teng ishtirok etishlarini ta’minlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlarni zo‘ravonlik va tazyiqlardan himoya qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada, O’zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar to‘g‘risida”gi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida 2022 yil 15 dekabridagi O’RQ-809-son Qonuni talablarini bajarish, ya’ni davlat organlari va tashkilotlarida jamoatchilik nazorati doirasida Genderga oid audit o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan.
Yuqoridagi qonun ijrosini ta’minlash maqsadida, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi majlisining 2023 yil 21 iyuldagi 6-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan 3 yillik rejaga hamda Genderga oid auditni o‘tkazish uslubiyotga asosan, olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’ruzachilar tomonidan seminar ishtirokchilariga ma’lumotlar berildi. Tadbir ishtirokchilari bilan, Mehnat qonunchiligida xotin-qizlar uchun imtiyozlar va qo‘shimcha kafolatlar, paxta yig‘im-terimi mavsumida bolalar mehnati va majburiy mehnatning turli ko‘rinishlariga yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlari mavzularida, jamoatchilik nazorati tartibida o‘tkazilayotgan audit, xotin-qizlari bilan jamiyatdagi ichki muhit, ish beruvchi tomonidan xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ish haqlarini to‘lashda tafovutlar to‘g‘risida suhbatlashildi. Ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat kengashining mehnat-texnik inspektori Maxbuba Kambarova

BOSHQA YANGILIKLAR