ISHLAR BOSHQARUVCHISI » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi

ISHLAR BOSHQARUVCHISI

   O‘SAROV TO‘LQIN MAXMUDOVICH

   O‘zbekiston kasaba uyushmalarining Navoiy viloyat Kengashi
   Kengash ishlar boqshqaruvchisi
    Telefon:    +998792260389
    Telegram bot: nvkasaba
     Elektron pochta: t.usarov@kasaba.uz
    Qabul vaqti: Dushanba-Juma kunlari, 10:00 dan 13:00 gacha

  • Qisqacha tarjimai holi

  • Xizmat vazifalari va majburiyatlari

Tug‘ilgan sana

5 may 1972 yil

Tug‘ilgan joyi

Navoiy viloyat, Nurota tumani

Millati

O‘zbek

Ma‘lumoti

Oliy, Samarqand davlat universiteti

Mutaxassisligi

O‘qituvchi

Tizimdagi ish staji

2010 yildan

Egallab turgan lavozimida

2012 yildan

- Kengashda pochta, telefon aloqalari ishini tashkillashtiradi;
- ish yuritish xizmati va Kengashga xo‘jalik va texnikaviy xizmat ko‘rsatilishi ustidan ishlarni amalga oshiradi;
- Kengash tomonidan o‘tkaziladigan Konferensiyalar, Majlis, Ijroiya qo‘mita yig‘ilishlari, seminarlarda tashkiliy-texnik, xo‘jalik xizmati ko‘rsatishni ta’minlaydi;
- xizmat safari bo‘yicha kelgan kishilarni mehmonxonaga joylashtirish, xizmat safariga jo‘nab ketadigan kishilar uchun yo‘l chiptalarini sotib olish masalasini hal etadi;
- zarur mehnat sharoitlarini yaratish, anjomlar va xo‘jalik jihozlar saqlanishini, ularni tiklash va to‘ldirilishini, binolar va xonalarning tegishli tartibda bo‘lishini, ularning joriy va to‘liq ta’mirlanishini ta’minlaydi. Kichik xizmatchilar ishiga rahbarlik qiladi;
- Kengash raisi qabulxonasi va binosida doimiy navbatchilikni tashkil etadi;
- xizmatchi, qorovul va boshqa texnik xodimlar o‘rtasida mehnat intizomini mustahkamlash ustidan nazoratni amalga oshiradi;
- Kengash tasarrufidagi moddiy boyliklardan samarali foydalanish, ularni saqlash, tejash imkoniyatlari to‘g‘risida takliflar beradi;
- Kengash binosi va xizmat avtomashinalaridan samarali foydalanish, yer maydonlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga bevosita rahbarlik qiladi. Tevarak-atrofning tozaligi, daraxt va gul ko‘chatlarining tartibga keltirish ishlarini nazorat qiladi. Xo‘jalik ishlarini tashkil etishda bevosita rahbarlik qiladi;
- har oyda suv, elektr energiyasi, issiqlik manbai xizmatidan foydalanganlik to‘g‘risidagi hisobotlarni moliya bo‘limiga topshiradi;
- Kengash balansidagi barcha moddiy boyliklarning saqlanishi, hisobini olib borish uchun shaxsan javobgardir;
- o‘tkaziladigan shanbaliklar, xasharlarda samarali mehnat sharoitini yaratish, ish qurollari bilan ta’minlash ishlarini tashkil etadi;
- Kengash avtomashinalarini to‘g‘ri va samarali foydalanish, avtomashinalarning har bir harakatini belgilangan tartib asosida nazorat qilib boradi;
- Kengash smetasi asosida avtomashinalarni ta’mirlash, extiyot qismlar sotib olish va boshqa ko‘zda tutilgan mablag‘larining maqsadli ishlatilishi uchun javobgar hisoblanadi;
- yoqilg‘i-moylash materiallarining sarfi, ularning tejamkor ishlatilishini shaxsan javobgar hisoblanadi;
- jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etadi;
- Kengash transport vositalari uchun zurar ehtiyot qismlar bilan ta’minotini amalga oshiradi, sifatli, uzoq muddatga xizmat qiladigan, sertifikatlangan tovarlar sotib olish, litsenziyalangan xizmat ko‘rsatish muassasalari xizmatidan foydalanishni ta’minlaydi;
- transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish, ularni sug‘urtalash ishlarini tashkil etadi;
- xodimlar tomonidan xizmat safariga borish maqsadida avtomashinalarga yo‘llanmalarini kunlik tarqatish, belgilangan tartibda hisobini yuritishni ta’minlaydi;
- har oyda xaydovchilarning yo‘l varaqalarini va yoqilg‘i mahsulotlarining oylik sarfini rasmiylashtirib hisobot berishni ta’minlaydi;
- Kengash bo‘limlarini zarur jihozlar, anjomlar, yozuv qog‘ozlari, belgilangan nusxadagi blanklar va boshqa kanselyariya jihozlari bilan ta’minlash bo‘yicha choralarini ko‘radi;
- Kengash tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar va apparat xodimlarini xo‘jalik va moddiy texnika jihatdan ta’minlaydi;
- binoning texnik holatiga javob beradi;
- Kengashga tegishli avtomashinalarning kunlik harakatining nazoratini olib boradi va hisobotini tayyorlab, bir nusxasini moliya bo‘limiga va bir nusxasini viloyat statistika boshqarmasiga topshiradi;
- o‘rnatilgan tartibda hujjatlarni arxivga topshirishni tashkillashtiradi.