O’ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASI
NAVOIY VILOYAT KENGASHI NIZOMI
Navoiy viloyat |
O’zbekiston kasaba uyushmalari |
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining (keyingi o‘rinlarda "Federatsiya” deb ataladi) Navoiy viloyat Kengashi (keyingi o‘rinlarda Keigash -deb ataladi)
- Federatsiyaga a’zo tashkilotlarning ustav vazifalarini bajarishdagi sa’i-harakatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, ularning umumiy manfaatlarini ifoda etish va himoya kilish, amaldagi qonunchilik doirasida huquqiy kafolatlarini ta’minlash, kasaba uyushmalari a’zolarining hukuq va manfaatlarini himoyalash borasidagi Federatsiyaning barcha vazifalarini Navoiy viloyatida bajaradigan alohida bo‘linmasi bo‘lib, ayni vaktda Federatsiyaga a’zo tashkilotlarning hududdagi birlashmasi hisoblanadi.
Kengash kasaba uyushmalari a’zolarining huquq va manfaatlarini himoyalash ishlarini Federatsiyaga a’zo tashkilotlarning Navoiy viloyatidagi bo‘linmalarini birlashtirgan holda ular bilan o‘zaro hamkorlik, hamjihatlik hamda birdamlik asosida amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, Federatsiyaga a’zo tashkilotlarning hududdagi barcha bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Kengash davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi.
1.2. Kengash o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Mehnat va Fuqarolik kodekslari, «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi, «Nodavlat-notijorat tashkilotlari to‘g‘risida»gi, “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlar, Federatsiya Ustavi hamda mazkur Nizom asosida amalga oshiradi.
1.3. Kengash O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Bosh kengashining (keyingi o‘rinlarda “Bosh kengashi” deb ataladi) qaroriga muvofiq tashkil etiladi.
1.5. Kengash o‘z oldida turgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida o‘z apparatini shakllantiradi. Kengash apparatining tuzilmasi hamda shtatlar jadvali Federatsiya Ijroiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
1.6. Kengash va kasaba uyushmalari Respublika kengashlarining munosabatlari o‘zaro hurmat, ishonch, Federatsiya oldida turgan vazifalarni bajarishda yaqindan hamkorlik va birdamlik tamoyillari asosida quriladi.
1.7. Kengash hududdagi barcha kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan Federatsiya Ustavi talablariga rioya etilishi uchun javobgar vakolatli organ hisoblanadi.
1.8 Kengashning nomlanishi:
O‘zbek tilida: to‘liq - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi; qisqartmasi - O‘KUF FVK;
Rus tilida: to‘liq — Navoinskiy oblastnoy Sovet Federatsii profsoyuzov Uzbekistana; qisqartmasi - NOS FPU;
1.9. Kengashning rahbar organi joylashgan joyi (pochta manzili). O‘zbekiston Respublikasi, Navoiy shahri, Me’morlar ko‘chasi, 33 uy.
|
YUKLAB OLISH | Hajmi 4.45 MB |