Bugungi kunda kasaba uyushmalari tomonidan aholiga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ish joyida xodimlar ruhiyatiga taʼsir etuvchi omillarni bartaraf etish mexanizmlari va ishchi-xodimlarning ish jarayonida samarali mehnat faoliyati olib borishlarini taʼminlash yoʻnalishidagi ishlarni yanada takomillashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, mamlakatimizda xodimlarning mehnati muhofazasi, ularga xavfsiz, qulay va munosib mehnat sharoitlarini yaratish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, mehnat muhofazasi madaniyatini rivojlantirish, korxona va tashkilotlarda mehnat muhofazasi yoʻnalishida olib borilayotgan ishlar sifati va samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalliklarining oldini olish borasida ijtimoiy sheriklikni yanada rivojlantirish asosiy masalalardan biri boʻlib qolmoqda.Seminar savol-javoblarga boy tarzda qizgʻin oʻtdi.

M.Kambarova, OʻKUF Navoiy viloyat kengashining mehnat-texnik inspektori