Zarafshon shahar 13-sonli AFChUIM da "9 may-Xotira va qadrlash kuni” ga bag‘ishlab ustoz GULJAXON FAYZULLAYEVNAning yorqin  xotirasiga bag‘ishlab "Unutmoq osonmas sizlarni" Xotira turniri bo‘lib o‘tdi. Tadbirga  marhum ustozning yaqinlari , pensiyadagi ustoz murabbiylar taklif qilindi.Guljaxon Fayzullayevaning ko‘p yillardagi samarali faoliyati, shuningdek xalqimiz ma’naviyati va madaniyatini yuksaltirishga , milliy g‘oyani rivojlantirishga, yosh avlodni ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashdagi qo‘shgan munosib  hissasi yoshlarga ibrat qilib ko‘rsatildi.  Tadbirdan so‘ng sportning voleybol xamda darts turlari buyicha  musobaqa tashkil qilindi.

Musobaqa natijasiga ko‘ra, 30  nafar g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishchi-xodimlar O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Zarafshon shahar bo‘linmasi kengashiining faxriy yorliq va qimmatbho sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
O‘zbekiston ta’lim va fan  xodimlari kasaba uyushmasi  Zarafshon shahar bo‘linmasi kengashi raisi L.Ostanayeva