Joriy yilning 6- aprel kuni O’zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasàba uyushmasi Navoiy viloyat Kengashining navbatdan tashqari IV-Majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis kun tartibiga asosan Kengash a’zolari hamda Ijroiya qo‘mita a’zolari tarkibi yangilandi hamda Tarmoq kasaba uyushmasi Navoiy viloyat Kengashi raisi o‘rinbosarligiga Mansurov Mansurjon Baxodirovich saylandi. Yig'ilishda O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi raisi Tog'ayeva Nazira Mamanazarovna ishtirok etdi.