Joriy yilning 27 aprel kuni "Qizilqumsement” aksionerlik jamiyatida Navoiy viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat texnik inspektori O.Kenjayev, Αzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat kengashi mehnatni muxofaza qilish bî‘yicha yetakchi mutaxassisi H.Eshonqulov hamda Tog‘-kon va sanoat xavfsizligi nazorat qilish inspeksiyasi Navoiy hududiy bî‘linmasi bosh mutaxasisi F.Xidirovlar ishtirokida "Butunjaxon mehnatni muxofaza qilish kuni”ga bag‘ishlangan "Sanoatda havfsizlik” mavzusida davra suhbati î‘tkazildi. Davra suxbatida korxona va tashkilotlarda bahtsiz xodisalar va kasb kasalliklarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning amaldagi ijrosi, mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa meyoriy hujjatlarga rioya etilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirilishi va sanoat xavfsizligi yuzasidan fikr muloxazlar almashildi. Savol javobga boy bî‘lgan davra suxbatida korxona ishchilari tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan aniq javoblar berildi. Korxona tashkilotlarda bu kabi davra suxbatlari davom etmoqda.