SPORT TADBIRI

SPORT TADBIRI

Navoiy viloyati xalq talimi boshqarmasi hamda Talim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Uchquduq tuman bolinmasi kengashi va Uchquduq xalq talimi bolimining buyruqlari ijrosi yuzasidan umumtalim maktablarida 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Unutmoq osonmas sizlarni" nomli sport tadbirlari otkazilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri 13 aprel kuni tuman XTBga qarashli 3-maktabda ham tashkil qilindi. "Unutmoq osonmas sizlarni" tadbiri tuman xalq bolimida kop yillar davomida ish faoliyatini olib borib, jamoaga va umumtalim maktablarining pedagoglariga ozining huquqiy bilimlari va maslahatlari bilan yordam berib hurmat qozongan, 46 yoshida olamdan koz yumgan Ayxojayev Raximbek Bereketovich xotirasiga bagishlandi.
Tadbirni tuman hokimi orinbosari N.Muratov ochib berdi. Viloyat xalq talimi boshqarmasi metodisti N.Qurbonova oquvchilarimizga bugungi sport musobaqalarida omadlar tiladi. Bolimning manaviyat shobasi rahbari B.Mamarayimov marhumning yaxshi xislatlarini aytib yodga oldi hamda bir daqiqalik sukut saqlashni soradi. Bundan tashqari marhumning qarindoshlari ham tadbirga tashrif buyurib, u kishining insoniy fazilatlarini aytib yodga oldi, oqituvchi va oquvchilarga sport musobaqalarida omadlar tiladi.
Sportning shaxmat-shashka va stol tennisidan goliblikni qolga kiritgan ishtirokchilar diplom hamda tuman bolinmasi kengashining sovgalar bilan taqdirlandi.