Xalqaro mehnat tashkiloti tashabbusi bilan 2003-yildan buyon 28-aprel – "Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sana munosabati bilan dunyoning yuzdan ortiq mamlakatlarida, shu jumladan, Oʻzbekistonda ham ish joyida jarohatlanish holatlari va kasb kasalliklarining oldini olish, mehnat muhofazasi masalalariga eʼtiborni yanada kuchaytirishga qaratilgan tadbirlar oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat kengashi hamda Navoiy viloyat bandlik Bosh boshqarmasi oʻrtasida tuzilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, joriy yilningt 25-aprel kuni "Navoiyazot” aksionerlik jamiyatida "28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bagʻishlangan "Mehnat muhofazasining ijobiy madaniyatini birgalikda shakllantiramiz” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Davra suhbatida ishtirok etgan jamiyatning mehnat muhofazasi boʻyicha muhandislari va kasaba uyushmasida saylangan vakil va komissiyalarga Bandlik bosh boshqarmasining davlat mehnat inspektori O.Kenjayev, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari O.Toʻxtamishev hamda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat kengashining mehnat-texnik inspektori M.Kambarovalar tomonidan "Korxonalarda xodimlar uchun sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar mavzularida maʼruza qildilar.
Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.