"28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan joriy yilning 23-aprel kuni Samarqand viloyat kengashida Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand va Jizzax viloyati faollari uchun "Mehnat muhofazasining ijobiy madaniyatini birgalikda shakllantiramiz” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarni kengash raisi S.Rafiqov kirish soʻzi bilan ochib, seminar ishitirokchilari va mehmonlar bilan tanishtirdi. Seminarda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi apparatining mehnatni muhofaza qilish boʻlimi mudiri N.Gaibnazarova va mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish boʻlimi mudiri M.Isayevlar ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi.
Dastavval, N.Gaibnazarova "28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”, ushbu kunning mazmun-mohiyati, uning Oʻzbekistonda qay darajada nishonlanishi toʻgʻrisida seminar ishtirokchilariga maʼlumot berdi.
Seminarda maʼruzachilar tomonidan viloyatda mehnatni muhofaza qilish borasida olib borilayotgan ishlar, korxona va tashkilotlarda ishlab chiqarishda sodir boʻladigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklariga chalinishlarni oldini olish, zararli va xavfli mehnat sharoitlarida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar uchun belgilangan imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllanishi, ish beruvchilar tomonidan xodimlarga munosib va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilishi, qonun va qonunosti hujjatlari talablariga, qoida meʼyorlarga amal qilinishi boʻyicha maʼruzalar tinglandi.
Seminar davomida, Navoiy viloyat kengashining mehnat-texnik inspektori M.Kambarova va Qashqadaryo viloyat kengashining mehnat-texnik inspektori A.Xoʻjaqulovlar soʻzga chiqib, viloyatda aynan shu sana boʻyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashdilar.
M.Kambarova, OʻzKUF Navoiy viloyat kengashining mehnat-texnik inspektori.