Zero, bugun Navoiy shahar markaziy vagzal hududi bayramona tus oldi. O‘zbekiston bayrog‘i yanada balandroq hilpiradi. Karnay-surnay sadolari ostida qoraqalpoq yoshlari kutib olindi.
Tanatanada ishtirok etgan har bir inson borki, bugungi kun yoshlariga havas bilan boqishdi. Yuzlarida baxtiyorlik aks etgan bolajonlarning kayfiyatlari a’lo. Ayniqsa, erta saharlab, Qoraqalpoq milliy markazi tomonidan kuylangan kuy-qo‘shiqlar sadosi jo‘rovoz bilan baralla yangradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumanidan 200 nafar, Qo‘ng‘irot soda zavodi ishchi xodimlarining 30 nafar farzandlari "Navoiyazot” AJ tasarrufidagi "Oftobjon" bolalar dam olish oromgohiga yetib kelishdi.
Oromgohda 10 kun davomida har kuni esda qolarli kechalarni tashkil etish rejalashtirilgan. Bu albatta qoraqalpoq yoshlarining mazmunli hordiq chiqarishlarini ta’minlaydi.
Bir so‘z bilan aytganda "Biz bir xalqmiz-bir elmiz” shiori ostida o‘tkazilayotgan yoz mavsumining xayrli tadbirida Navoiyiliklar ham o‘zlarining munosib ishtiroklarini ta’minlaydi.




