Navoiy viloyat kengashi va viloyat bandlik Bosh boshqarmasi tomonidan korxona, tashkilot va muassasalarda iyul-avgust oylarida o‘rganishlar jadvali tasdiqlandi. Navoiy viloyat kengashi inspektorlari tomonidan bugungi kunda "BAXT TEXTILE” "NAVBAHOR TEXTIL” MCHJlar, "Navoiyazot”, "Qizilqumtsement”, "Navoiy hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda "Hududgaz Navoiy hududiy gaz ta’minoti” filialida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarga mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi yo‘nalishida olib borilgan ishlar, ularga yaratilgan xavfsiz va munosib mehnat sharoitlari, zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari ta’sirida ishlovchi xotin-qizlarga qonunchilikda belgilangan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi, xodimlar salomatligini nazorat qilish, ularning tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tkazilishi, maishiy-sanitariya va gigiyena xonalarining o‘rnatilgan me’’yorlarga asosan jihozlanishi, belgilangan yuk ko‘tarish normalaridan og‘ir yuk ko‘tarmasliklari hamda mehnat qonunchiligida ayollar uchun belgilangan imtiyoz va kafolatlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati o‘rganildi. O‘rganishlarda aniqlangan xato va kamchiliklar yuzasidan ish beruvchilarga ko‘rsatmalar kiritilib, bajarilishi nazoratga olingan.
Kasaba uyushmalari kengashining mehnat inspektorlari tomonidan jamoatchilik nazorati olib borish va o‘rganishlar davom etmoqda.
M.Kambarova, O‘zKUFK Navoiy viloyat kengashi mehnat texnik inspektori


