QIZG‘IN BAHSLAR BILAN BOSHLANDI » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi
QIZG‘IN BAHSLAR BILAN BOSHLANDI

QIZG‘IN BAHSLAR BILAN BOSHLANDI

Navoiy viloyatida "Ayollar daftari” tizimi samaradorligini oshirish hamda ayollarning muammolarini hal etishda o‘zining fidokorona mehnati bilan barchaga namuna ko‘rsatgan mas’ullarni munosib rag‘batlantirish maqsadida "Eng yaxshi sektor rahbari”, "Eng yaxshi mahalla raisi”, "Eng yaxshi xotin-qizlar faoli”, "Eng yaxshi hokim yordamchisi”, "Eng yaxshi yoshlar yetakchisi” hamda ish beruvchi ayollar o‘rtasida "Eng namunali ish beruvchi ayol” Respublika tanlovlarining viloyat bosqichiga start berildi.
Mazkur tanlovlarni o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi qarorlari hamda qaror bilan tasdiqlangan tanlovlar Nizomi asosida barcha tuman (shahar)lardan bir nafardan g‘oliblar hujjatlari bilan tanishish, ularni baholash Hakamlar hay’ati a’zolariga bir qator qiyinchiliklarni tug‘dirmoqda.
Respublika tanlovlarining birinchi bosqichi g‘oliblari tanlovning viloyat bosqichi ham ochiq oshkora, shaffof o‘tkazilishidan umidvor.
Hakamlar hay’ati a’zolari ham har bir ishtirokchining mehnati Nizom talablari asosida munosib baholanishi tarafdori bo‘lmoqda.
N.Nurmonova

BOSHQA YANGILIKLAR