MUNOSIB MEHNAT SARI » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi
MUNOSIB MEHNAT SARI

MUNOSIB MEHNAT SARI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirig‘iga asosoan ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama komissiyasi tomonidan tasdiqlangan "Mehnat sharoitlari va muxofazasini yaxshilash bo‘yicha mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi” ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy Viloyat bandlik Bosh boshqarmsi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat kengashi va Viloyat savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda "Munosib mehnat sharoitlarini yaratish- ish beruvchining burchi” mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminarda "Sanoat korxonalarida havfsiz mehnat sharoitlarini yaratishda ijtimoiy sheriklik”, "Ijtimoiy-mehnat munosabatlarida ish beruvchilar manfaati”, Sanoat korxonalaridagi mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi holatlari yuzasidan fikr muloxazalar hamda korxonalarda baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklarini oldini olish, xodimlarni mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish va bilimlarini hamda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy xujjatlarga rioya etilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini yanada oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berilib, Bu kabi seminarlar viloyat bo‘ylab davom ettirilishi yuzasidan takliflar qabul qilindi.

BOSHQA YANGILIKLAR