Jamoatchilik nazorati jarayonida Karmana tumanining 1,2,6,13,14 va 25-sonli Konimex tumanining 1,2,12,7,13-sonli maktablariga tashrif buyurilib, ushbu muassasalarda yaratilgan mehnat sharoitlari hamda majburiy mehnatning oldini olish holatlari o‘rganildi va o‘qituvchilar bilan suhbatlar o‘tkazildi. Suhbat jarayonida xodimlar majburiy mehnatga jalb etilmaganligi aniqlandi.
O’rganish jarayonida o‘quv xonalaridagi havo harorati +14 daraja iliqlikni tashkil etayotganligi aniqlandi. Muassasalardagi isitish qozonlari ishlashiga qaramay, issiqlik quvvati pastligidan o‘quv xonalari belgilangan havo haroratigacha isitilmayapdi. O’quv xonalaridagi havo harorati +14 daraja iliqlikni tashkil etmoqda (ta’lim muassasalarining o‘quv xonalaridagi havo harorati +21 daraja iliq bo‘lishi lozim).
Mehnat inspektorlari tomonidan ta’lim muassasalarini jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
